Foto: Buyuk Britaniya Brexit haqidagi maktubni Bryusselga yetkazdi
Yevropa Ittifoqi kengashi rahbari Donald Tusk Brexit jarayoni boshlangani haqidagi ogohlantiruvchi maktubni qabul qilib oldi.
Tusk tvitterdagi sahifasida ushbu xatning yetkazilish jarayoni tasvirlangan suratni namoyish etgan.
Maktub mamlakatning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Tim Barrou tomonidan Bryusselda Donald Tuskka topshirilgan.
Gap Yevropa Ittifoqi to‘g‘risidagi Lissabon kelishuvining 50-moddasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bildirishnoma haqida bormoqda. Uning qo‘llanilishi London va Bryussel o‘rtasidagi «ajrim» shartlari haqidagi muzokaralarning ikki yillik jarayonini boshlab beradi.
29 martga o‘tar kechasi Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey birlashgan qirollikning Yevropa Ittifoqidan chiqishi haqida Bryusselni xabardor etuvchi maktubni imzolagandi.
Mavzuga oid
08:53 / 01.12.2022
Brexit: Bryussel Londonga bosim o‘tkazishning yangi vositalariga ega bo‘ladi
14:37 / 04.01.2022
Brexit’ga bir yil to‘ldi: Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etib yutdimi yo yutqazdi?
22:11 / 30.12.2021
Britaniyada davlat xizmatchilariga “Brexit” so‘zini qo‘llamaslik tavsiya qilindi
23:42 / 09.07.2021