Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qonda singapurliklar ishtirokida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqariladi
Farg‘onaning Qo‘qon shahrida tashkil etilgan Indorama Kokand Fertilizers qo‘shma korxonasi 2018 yil yanvar oyidan ilk mahsulotini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda Sputnik O‘zbekiston nashri "O‘zkimyosanoat"dagi manbasiga tayangan holda.
QK Singarpurning Indorama kompaniyalar guruhi hamda O‘zbekiston davlat raqobat qo‘mitasi bilan hamkorlikda Qo‘qon superfosfat zavodi negizida tashkil etilgan. Bunda Singapur tomoni ishlab chiqarishga 83 mln dollar sarmoya kiritish sharti bilan korxonaning 85 foiz ulushiga egalik qilmoqda.
Indorama 2017-2018 yillarda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga 23 mln dollar sarflashni rejalashtirgan. Korxonada zavodning hozirgi ahvoli va bajariladigan ishlar hajmini aniqlash maqsadida xorijiy ekspertlar ish olib bormoqda.
2018 yil yanvarida ammoniylashtirilgan superfosfatning dastlabki partiyasi ishlab chiqariladi. Bir yilda taxminan 172 ming tonna mahsulot mijozlarga yetkazib beriladi. Manbaning aytishicha, tomonlar korxonaning kelgusi strategiyasi borasida ham aniq tasavvurga ega. Xususan, 2019 yilda 170 ming tonna ammoniylashtirilgan superfosfat ishlab chiquvchi yana bir quvvat ishga tushiriladi. 2020 yilda dikalsiyfosfat, 2021 yilda sulfat kaliy ishlab chiqaruvchi liniyalar ishga tushiriladi. Mahsulotning 50 foizga yaqini eksport qilinadi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025