Jahon | 16:41 / 30.03.2017
5307
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Tillerson bilan IShID va Gulen masalasini muhokama qildi

Foto: Anadolu

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqarada AQSh Davlat kotibi Reks Tillersonni qabul qildi.

Uchrashuv Anqaradagi Prezident majmuasida bo‘lib o‘tdi. Matbuot uchun yopiq eshiklar ortida o‘tgan uchrashuv 2 soatdan ortiqroq vaqt cho‘zilgan.

Uchrashuv chog‘ida Iroq va Suriyadagi vaziyat muhokama qilingan, bu masalani hal qiluvchi muhim qarorlar qabul qilish zarurligi ta'kidlangan. IShID va boshqa terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurashda hamkorlikda harakat qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

Erdo‘g‘an va Tillerson Fathulloh Gulenni Turkiyaga ekstraditsiya qilish imkoniyatlarini ham muhokama qilgan.

Mavzuga oid