Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen Namning jasadi Shimoliy Koreyaga topshiriladi
KXDR yetakchisi Kim Chen Inning katta akasi Kim Chen Namning jasadi Shimoliy Koreyaga uning qarindoshlari murojaatiga muvofiq topshiriladi. Bu haqda Malayziya bosh vaziri Najib Razzoq ma'lum qildi.
"Jasadni yorib ko‘rish jarayoni yakunlangani va qarindoshlardan tegishli yozma murojaat kelib tushgani tufayli biz jasadni Shimoliy Koreyaga yuboramiz", - deya ta'kidlab o‘tdi Razzoq. Uning xabar berishicha, Malayziyaning Pxenyandagi elchixonasi to‘qqiz xodimi endilikda vatanlariga qaytishi mumkin.
Bunga javob harakati tariqasida KXRDning Kim Chen Nam o‘limida gumonlanayotgan ikki fuqarosiga Malayziya poytaxtini tark etishga ruxsat berildi. Malayziya OAV xabariga ko‘ra, ular payshanba kuni Pekinga uchib ketishgan. Aynan shu samolyot orqali Xitoy poytaxtiga Kim Chen Namning jasadi keyinchalik Pxenyanga topshirish uchun yetkaziladi.
Shuningdek Najib Razzoqning ta'kidlashicha, KXDR bilan munosabatlardagi diplomatik mojaro yakunlangan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025