Rossiya oltin zaxiralari eng maksimal sur'atlar bilan oshmoqda
Rossiya Banki 2016 yil yakunlariga ko‘ra 201 tonna oltin sotib oldi va bu dunyoning boshqa markaziy banklari bilan taqqoslaganda eng katta ko‘rsatkichni tashkil qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligining "GFMS Gold Survey 2017" degan ma'ruzasida aytilgan.
Rossiya Markaziy banki ketma-ket 5-yil oltin ko‘payishi bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lib qolmoqda.
"Oltinni xarid qilish sur'atlari oydan oyga o‘zgargan bo‘lsa-da, xaridlar dastlabki 11 oy davomida amalga oshirilgan. Bunda oktabr va noyabrda, oltin narxi tushib ketganda oltin maksimal sur'atlar bilan – oyiga o‘rtacha 36 tonnadan xarid qilingan", deb ko‘rsatilgan ma'ruzada.
Rossiya Markaziy banki ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning monetar oltin (davlat idoralari tomondan saqlanuvchi oltin) hajmi 2016 yil 1 yanvaridan 2017 yil 1 yanvarigacha 24 foizga oshgan va 2017 yil 1 yanvarda 60,194 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
19:07 / 26.11.2024
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
16:39 / 26.11.2024
Putin MDH va qo‘shni mintaqalarda vaziyatni beqarorlashtirishning oldini olishga chaqirdi
14:07 / 26.11.2024
2025 yilda O‘zbekistonda Rossiya madaniyati kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilyapti
13:20 / 26.11.2024