Jaklin Kennedining maxfiy maktubi 100 ming funtga sotildi
AQShning sobiq birinchi xonimi Jaklin Kennedining maktubi Londondagi Bonhams kimoshdi savdosida 100 ming funtga sotildi. Bu haqida BBC xabar berdi.
1967 yilda, Amerika prezidenti Jon Kennedining o‘limidan keyin uning bevasi Devid Ormsbi Gor (erining do‘sti va Buyuk Britaniyaning AQShdagi sobiq elchisi) bilan Kambojadagi Angkor-Vat ibodatxonasiga yo‘l oladi.
Ularning romantik munosabatlari haqida ko‘p mish-mishlar tarqaladi. Bir necha oy o‘tgach, Gor sobiq birinchi xonimdan unga turmushga chiqishni so‘raydi. Kennedining rad javobini bergan maktubi Gorning Uelsdagi uyidan topilgan hujjatlar orasida bo‘lgan.
"Biz siz bilan shu qadar ko‘p hayot va o‘lim, umid va dardlarni boshdan kechirdikki - biz doim hamdard bo‘lib qolamiz va shu xotiralarimiz bilan umrbod bog‘lananmiz", - deb yozgan Kennedi Gorga. AQSh prezidenti bevasining ta'kidlashicha, u dardiga malham bo‘luvchi insonni topgan taqdirda ham, bu inson uning o‘tmishi va dardlarining bir bo‘lagi bo‘lmasligi kerak.
1968 yilda Jaklin Kennedi milliarder Aristotel Onassisga turmushga chiqadi. Gor 1985 yilda YTHda halok bo‘ladi, Kennedi uning dafn marosimida ishtirok etadi.
Mavzuga oid
22:19 / 09.11.2024
Shotlandiyadagi mayoq devoridan 132 yil oldin yozilgan maktub topildi
21:36 / 21.09.2024
Fransiyada talabalar arxeologik qazish ishlari davomida 200 yillik maktubni topdi
15:32 / 12.09.2024
Eynshteynning Ruzveltga yozgan xati kimoshdi savdosida qariyb 4 mln dollarga sotildi
12:05 / 12.09.2022