Light | 19:44 / 31.03.2017
23504
1 daqiqa o‘qiladi

Yong‘oq iste'moli falaj va yurak xurujining oldini olishi aniqlandi

Amerikalik olimlarning ta'kidlashicha, har kuni yong‘oq iste'mol qilish falaj va yurak xurujidan himoyalar ekan. Bu haqida "Ortodoks" tibbiy portalida ma'lum qilindi. 

Olimlar ortiqcha vazn va semizlikdan aziyat chekuvchi 15 kishi ishtirokida tadqiqot o‘tkazishdi. Ko‘ngillilar ikki guruhga ajratildi. Birinchi guruhga faqat yog‘li ovqat va yong‘oq asosidagi ichimlik berildi. Ikkinchi guruh ishtirokchilari esa xuddi shunday taom va platsebo-ichimlik bilan oziqlandi. 

Tadqiqotchilar ovqatdan oldin va undan keyin ishtirokchilarning qonidagi yog‘lar va insulin darajasini baholashdi, ultratovush yordamida esa qonning arteriyadan o‘tishi kuzatildi. 

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ratsionga yong‘oq qo‘shilganda arteriyalarning ifloslanish jarayoni to‘xtagan. Shunday ekan, zararli yog‘lar miqdorini pasaytirish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. 

Mavzuga oid