Sport | 11:19 / 31.03.2017
6034
1 daqiqa o‘qiladi

Lebron Jyeyms afsonaviy Shakil O'Nil rekordini yangiladi

Foto: EPA

Milliy basketbol assotsiatsiyasining "Klivlend" klubi o‘yinchisi Lebron Jyeyms doimiy chempionat doirasidagi “Chikago” qarshi bahsda 26 ochko to‘plab, MBAning eng sermahsul o‘yinchilari ro‘yxatida yettinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha afsonaviy basketbolchi Shakil O'Nilni ortda qoldirdi.

Endilikda 31 yoshli Jyeymsning hisobida 28 599 ochko (har bir o‘yinda o‘rtacha 27,1 ochko) bor. O'Nil esa "Leykers", "Orlando", "Mayami", "Finiks", "Klivlend" va "Boston"da o‘ynab, faoliyati davomida 1207 o‘yinda 28 596 ochkoni yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. Jyeyms esa bunday ko‘rsatkichga erishish uchun 1055 o‘yinda qatnashdi.

Ma'lumot uchun, ro‘yxatning birinchi o‘rnida Karim Abdul-Jabbor qayd etilgan, uning hisobida 38 387 ochko bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid