Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay valiahdi sahroda qolib ketgan yuk mashinasi egasiga yordam berdi
Dubay amirining o‘g‘li va valiahd Hamdon ibn Muhammad Al-Maktum sahroda qumlar orasiga botib qolgan yuk mashinasi haydovchisiga yordam ko‘rsatdi. Valiahdning Instagram tarmog‘i orqali taqdim etilgan videosi to‘rt kun ichida 54 ming martadan ortiq ko‘rildi.
Hamdon o‘zining Mercedes-Benz'iga tros ulab, mashinani oldinga torta boshladi. Tros bir necha marta uzilib ketdi, lekin oxir-oqibat yuk mashinasini "qum tuzoq"dan olib chiqishga muvaffaq bo‘lindi.
Hamdon ibn Muhammad Al-Maktum - Dubay amiri Muhammad ibn Rashid Al-Maktumning o‘g‘li. U 2008 yildan buyon Dubay valiahdi hisoblanadi. Hamdon xayriya ishlariga ko‘p vaqt va mablag‘ sarflaydi. Shahzoda dunyoning eng havas qilgulik bo‘ydoqlaridan biri sifatida e'tirof etiladi.
Mavzuga oid
00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
11:03 / 26.03.2025
Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi
11:18 / 25.02.2025