Sport | 09:19 / 02.04.2017
25809
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Rur derbisida hakamning o‘ziga qizil kartochka ko‘rsatildi

«Shalke» klubining Ervin laqabli ramzi Rur derbisini («Borussiya»D ga qarshi, 1:1) boshqarib borgan Feliks Tsvayyer boshchiligidagi hakamlar brigadasiga qizil kartochka ko‘rsatdi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida hakam dortmundliklar darvozasi tomon penalti belgilamadi va bu keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Hakam o‘yinni yakunlagach, ikkala jamoa futbolchilari vaziyatni muhokama qilish uchun uni o‘rab olishgandi. Shu payti maydonga tushib kelgan klub ramzi hakamning qizil kartochkasini tortib oldi va darhol uni hakamning o‘ziga ko‘rsatdi.

Endilikda bu voqea Germaniya futbol Ittifoqi tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.

Mavzuga oid