Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun sanasi: Turkmanistonda "Bir tomchi suv - oltin zarrasi" bayrami nishonlanmoqda
Turkmanistonda har yili aprelning birinchi yakshanbasi "Bir tomchi suv - oltin zarrasi" bayrami sifatida nishonlanadi.
Uning maqsadi - hududining katta qismi sahrodan iborat bo‘lgan Turkmanistonda suv qadr-qimmatini namoyon qilish, unga hayot manbai sifatida ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni insonlarga singdirish.
Ushbu bayramning bosh qahramonlari - melioratorlar, irrigatorlar, kanal quruvchilari va suv xo‘jaligining boshqa ishchilari.
Odatga ko‘ra, "Bir tomchi suv - oltin zarrasi" bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar daryo, ko‘l va kanal qirg‘oqlarida bo‘lib o‘tadi.
Bunday tadbirlarda suv xo‘jaligi korxonalari ishchilari Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov nomidan davlat mukofotlari va pul hamda qimmatbaho buyum ko‘rinishidagi sovg‘alar bilan taqdirlanishadi.
Bayramning asosiy tadbirlari yakshanba kuni Ashxobodda Qoraqum daryosi sohillarida o‘tkaziladi.
Bayram mehmonlari xalq sayllariga chiqishadi, Turkmaniston suv va qishloq xo‘jaligi yutuqlaridan ochiq osmon ostidagi ko‘rgazmada baxramand bo‘lishadi, shuningdek bayram konserti va sport musobaqalarini tomosha qilishadi.
Suv bayrami kuni Turkmanistonda an'anaga ko‘ra, ommaviy ravishda daraxtlar ekiladi.
"Bir tomchi suv - oltin zarrasi" bayramiga 1995 yilda Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurat Niyozov tomonidan asos solingan.
Mavzuga oid
20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
12:15 / 28.04.2025