Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
17 yoshli amerikalik Rim papasiga suiqasd qilishga tayyorlanganini tan oldi
17 yoshli AQSh fuqarosi Santos Kolon, o‘smirlik chog‘ida Rim papasi Frantsiskni o‘ldirishga tayyorlanganini tan oldi. Bu haqda Amerika adliya vazirligi saytida xabar qilingan.
Unda aytilishicha, Nyu Jyersi shtatining Lindenuorld shahrida istiqomat qiluvchi amerikalik o‘zining g‘arazli niyatini 2015 yil sentabrida amalga oshirmoqchi bo‘lgan. O‘shanda, Rim papasi Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahriga tashrif buyurishi kerak edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Santos 2015 yil 30 iyun-24 avgustgacha bo‘lgan oraliqda suiqasdni amalga oshirish xususida o‘ylab yurgan.
O‘smir portlovchi moddalarni xarid qilib, qo‘lbola bombalarni yasashni hamda shahar bo‘ylab joylashtirib chiqishni o‘ylagan. Bundan tashqari, u Frantsiskni ibodat vaqtida o‘ldirishi lozim bo‘lgan merganni ham yollashga uringan. Biroq, u Federal qidiruv byurosining yashirin xodimi bo‘lgan. 2015 yilda FQB Kolonni qo‘lga olgan.
AQSh qonunchiligiga ko‘ra, unga 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish hamda 250 ming dollar jarima solinishi mumkin.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025