Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda senator Vadim Tyulpanov baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi
Rossiya Federatsiya kengashi a'zosi, Sankt-Peterburg qonunchilik yig‘inining sobiq rahbari Vadim Tyulpanov vafot etdi, deb xabar bermoqda Sankt-Peterburgdan davlat dumasida deputatlik qiluvchi Sergey Boyarskiyga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.
Avval Tyulpanov bilan shahar parlamentida ishlagan Boyarskiy marhumning yaqinlari va qarindoshlariga ta'ziya bildirdi.
4 aprelda Tyulpanov Sankt-Peterburgning Kirov tumanida joylashgan sog‘lomlashtirish markazida sirpanib ketib, yiqilishi vaqtida jarohat olgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam brigadasi senatorning vafot etganini qayd qilgan.
Senatorning baxtsiz hodisa tufayli vafot etishi yuzasidan tergovgacha tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tergov qo‘mitasi matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, "ayni vaqtda voqea joyi ko‘zdan kechirilmoqda, hodisaning barcha tafsilotlarini o‘rnatishga qaratilgan tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari majmuasi amalga oshirilmoqda. Senator o‘limining barcha tafsilotlari va sabablarini aniqlash maqsadida barcha zaruriy ekspertizalar o‘tkazish belgilangan".
Mavzuga oid
15:08 / 24.03.2025
Rossiyaning madaniy poytaxti – Sankt-Peterburg bo‘ylab fotosayohat
11:10 / 18.03.2025
Guliston IIB TB talabi bilan Sankt-Peterburgda hibsga olingan o‘zbekistonlik ayolni Rossiya prokuraturasi qo‘yib yubordi
13:14 / 05.03.2025
Sankt-Peterburgdagi “kichik Samarqand” yoxud Buxoro amiri qurdirgan masjid haqida bilasizmi?
08:04 / 03.03.2025