Rustam Inoyatov Kremlda MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashuvida qatnashdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH vakillari bilan maxsus xizmatlarni muvofiqlashtirishni muhokama qildi. Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati rahbari Rustam Inoyatov ham ishtirok etdi.
Putin MDHga a'zo mamlakatlar xavfsizlik idoralari va razvedka xizmatlari razvedka faoliyati masalalari bo‘yicha rahbarlarining XIV kengashi avvalida ularga murojaat qildi.
Vladimir Putin bugungi kunda terrorchilar hujumi barcha MDH mamlakatlariga xavf solayotganini ta'kidladi. U xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi samarali kurashish uchun maxsus xizmatlarning o‘zaro qalin aloqada bo‘lishi zarurligi haqida bayonot berdi.
«Xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash, tinchlik va barqarorlikni ta'minlash bilan bog‘liq masalalarni hal qilish uchun maxsus xizmatlar ishini muvofiqlashtirish zarur», — deyiladi xabarda.
«Ko‘rib turganingizdek, vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarmayapti. Buning tasdig‘i – yaqinda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan fojialar. Terrorchi hujumi oqibatida odamlar qurbon bo‘ldi, ko‘p kishi jarohat oldi», — degan Vladimir Putin.
Rossiya prezidenti, shuningdek, uchrashuv qatnashchilari ko‘plab muhim savollarni batafsil muhokama qilishlariga umid bildirgan.
Rossiya prezidentining fikriga ko‘ra, MDH mamlakatlariga terrorchilikdan boshqa yana bir necha xavflar tahdid solmoqda. Ular orasida uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik, korrupsiya va davlatlar ichki siyosatiga tashqaridan aralashish kabi xatarlar bor.
Vladimir Putin bugungi kunda MDH mamlakatlari xavfsizlik xizmatlari o‘rtasida juda yaxshi hamkorlik munosabatlari o‘rnatilganini qayd etgan.
Mavzuga oid
22:03 / 15.11.2024
Shols va Putin ikki yil ichida ilk bor telefon orqali muloqot qildi
22:30 / 14.11.2024
Putin Rossiyada YouTube faoliyati sekinlashgani bilan «shug‘ullanish»ga va’da berdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
22:15 / 12.11.2024