O‘zbekiston | 08:31 / 06.04.2017
28266
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Mirziyoyev va Putin Pushkin nomidagi tasviriy san'at muzeyida

Chorshanba kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga birinchi rasmiy davlat tashrifi bilan keldi. Kremldagi muzokaralardan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikda A.S.Pushkin nomidagi tasviriy san'at muzeyiga tashrif buyurdi. U yerda davlat rahbarlari O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrifiga bag‘ishlab tashkil etilgan «Nukus xazinasi» ko‘rgazmasini tomosha qilishdi. 

Ekspozitsiyadan o‘zbek muzeylarida yig‘ilgan badiiy asarlar va arxeologik buyumlar o‘rin olgan. Quyida O‘zbekiston va Rossiya rahbarlarining muzeyga tashrifi aks ettirilgan suratlar taqdim etiladi.

 TASS

A.S. Pushkin nomidagi tasviriy san'at muzeyi direktori Marina Loshak, RF prezidenti Vladimir Putin, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va A.S. Pushkin nomidagi tasviriy san'at muzeyi prezidenti Irina Antonova 

 TASS
 TASS

A.S. Pushkin nomidagi tasviriy san'at muzeyi direktori Marina Loshak, RF prezidenti Vladimir Putin, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va A.S. Pushkin nomidagi tasviriy san'at muzeyi prezidenti Irina Antonova

TASS

RF prezidenti Vladimir Putin, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va A.S. Pushkin nomidagi tasviriy san'at muzeyi prezidenti Irina Antonova 

 TASS
 TASS
 TASS

A.S. Pushkin nomidagi tasviriy san'at muzeyida «Nukus xazinasi» Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san'at muzeyi to‘plamlaridan namunalar ko‘rgazmasi

Mavzuga oid