Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jalilov IShIDning Rossiyadagi «uyqudagi yacheykasi» a'zosi bo‘lgani taxmin qilinmoqda
Sankt-Peterburg metrosida amalga oshirilgan terakt ijrochisi Akbarjon Jalilov IShIDning Rossiya hududidagi «uyqudagi yacheykasi» a'zosi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Gazeta.Ru» o‘z manbasiga asoslangan holda xabar berdi.
Qayd etilishicha, IShIDning «uyqudagi yacheykasi» a'zolari uzoq vaqt davomida o‘zlarini pinhon tutishadi, tashkilot rahbariyati ham ularning barcha harakatlarini nazorat qilmaydi.
5 aprel kuni DNK tahlili Sankt-Peterburgdagi gumondor terrorchi shaxsini tasdiqlab, terakt Rossiya fuqarosi Akbarjon Jalilov tomonidan ijro etilgani ma'lum qilingandi.
Shuningdek, Jalilovning uyidan bomba yasashda qo‘llangan ashyolar topilgan.
3 aprel kuni Peterburg metrosida portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘lgandi.
5 aprel kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda «Rosgvardiya»ning maxsus bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbiri natijasida Markaziy Osiyo respublikalarining 6 nafar fuqarosi terroristik faoliyatda ishtirok etganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
10:37 / 24.03.2025
Peterburgda migrantlarning kelib chiqishi va millatini aniqlaydigan kameralar o‘rnatiladi
12:26 / 22.02.2025
Peterburgdagi qurilish maydonida o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi
15:39 / 19.11.2024
Peterburgda O‘zbekiston fuqarolari qonuniy tarzda ish bilan ta’minlanadi
07:47 / 23.08.2024