Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp barcha «sivilizatsiyalashgan xalqlar»ni Suriyadagi qon to‘kilishlarni to‘xtatishga chaqirdi
AQSh prezidenti Donald Trampning bayonot berishicha, u barcha sivilizatsiyalashgan xalqlarni Amerika bilan birga Suriyadagi ommaviy qirg‘inlar va qon to‘kilishlarga barham berish yo‘llarini qidirishga chaqiradi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar qildi.
Trampning aytishicha, Siriya bazalariga berilgan havo zarbalari «milliy xavfsizlikning eng muhim manfaatlariga» javob beradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh o‘ta xavfli kimyoviy qurol tarqalishi va qo‘llanilishiga «barham berishi kerak».
«Suriya hukumati taqiqlangan kimyoviy qurolni ishlatganiga hech qanday shubha yo‘q», — degan Tramp.
Trampning ta'kidlashicha, «AQSh adolatni himoya qilar ekan, dunyoda tinchlik va osoyishtalik hukm suradi».
Xabar qilinishicha, AQSh Suriyadagi aviabazaga 60ga yaqin qanotli raketalar bilan hujum qilgach, Tramp jurnalistlar oldida chiqish qilgan.
Avvalroq, AQSh Suriya aerodromiga raketa zarbalari bergani haqida xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025