Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adidas 3D-bosma yordamida krossovkalar ishlab chiqaradi
Adidas bir qancha vaqt 3D-bosma texnologiyasi bilan tajriba o‘tkazdi. Endilikda u Futurecraft 4D krossovkalarini ishlab chiqarishga tayyor turibdi, uning tagcharmi 3D-bosma texnologiyasi yordamida yaratilgan.

Adidas ishlatayotgan texnologiya Continuous Liquid Interface Production (CLIP) deb nomlanib, u Carbon kompaniyasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Ular esa «Terminator» filmidan ilhom olishgani aytildi.
Texnologiyaning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, suyuq polimer ultrabinafsha nuri yordamida qayd qilinadi. Bu usul an'anaviy 3D-bosmadan tezroq, yakuniy mahsulot esa ancha mustahkamroq bo‘ladi, deb yozamoqda The Verge.
Adidas vakillarining YouTube’da taqdim etilgan videoda aytishlaricha, oyoq kiyimini yaratishda 3D-bosmadan foydalanishning yaxshi tomoni – bu individual yondashuvdir.
Hozircha Futurecraft 4D juda qimmat narxda sotilishi mo‘ljallanmoqda. Uning aniq qiymati noma'lum. Yangi 5 000 ta bunday krossovkalar joriy yildayoq sotuvga chiqariladi. 2018 yilga kelib 100 mingta shunday oyoq kiyimi ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.




Mavzuga oid
21:49 / 08.05.2025
Adidas va Volkswagen natsistlarning hokimiyat tepasiga kelishiga javobgarligini tan oldi
20:29 / 31.07.2024
Adidas supermodel Bella Xadid ishtirokidagi krossovka reklamasini o‘z resurslaridan olib tashladi
16:15 / 04.07.2024
Omadsiz sportchi tashkil etgan kompaniya - jahonga mashhur Nike qanday paydo bo‘lgandi?
12:20 / 02.04.2024