Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh vazir o‘rinbosari Davlat boshqaruvi Akademiyasi rektori etib tayinlandi
Adham Ikromov O‘zbekiston Prezidentining tashkiliy-kadr masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari va Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi Akademiyasi rektori etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Bunga qadar Adham Ikromov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Hukumatda u sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari bo‘yicha majmuaga rahbarlik qilgan.
2016 yilning dekabridan joriy yilning fevral oyiga qadar Sog‘liqni saqlash vaziri ham bo‘lgan.
Davlat boshqaruvi Akademiyasining avvalgi rektori Mannon Aliyev qaysi ishga o‘tgani noma'lum.
Mavzuga oid
16:14 / 13.05.2025
Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi
00:22 / 25.12.2022
Adham Ikromov Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi lavozimiga tayinlandi
18:57 / 01.12.2022
Amputantlar terma jamoasi a’zolariga avtomobillar berilishi mumkin
13:01 / 23.11.2022