Jahon | 10:32 / 08.04.2017
8584
1 daqiqa o‘qiladi

"Soyuz-MS" kemasi ekipajining qo‘nishini 200 ga yaqin qutqaruvchi ta'minlaydi

"Soyuz-MS" kemasi ekipajining Qozog‘istonga qo‘nishini 200 ga yaqin qutqaruvchi ta'minlaydi. Qo‘nish 10 aprelga rejalashtirilgan. 

Bundan tashqari, Sverdlovsk va Chelyabinsk viloyatlaridan fazogirlarning qo‘nish joyiga harbiy aviatsiya va qidiruv-evakuatsiya amfibiyalari yetkazilgan. Jumladan, gap 14 ta Mi-8 vertolyoti, 3 ta An-26 va 2 ta An-12 samolyoti, 20 ta avtotexnika vositasining jalb qilinishi haqida bormoqda, deb xabar berdi "Interfaks" axborot agentligi. 

"Soyuz-MS-02" boshqariluvchi kapsulasi ekipaji Jyezqazg‘an shahridan janubroqqa qo‘nishi kutilmoqda. Yerga Xalqaro koinot stansiyasidan uch fazogir – kema sardori Sergey Ryjikov, bortmuhandis Andrey Borisenko va NASA fazogiri Robert Sheyn Kimbrou qaytadilar.

Mavzuga oid