Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La-Liga. "Barselona" sensatsion mag‘lubiyatga uchradi
Ispaniya chempionatining 31-turida "Malaga" uyiga safar qilgan "Barselona" musobaqa peshqadamiga aylanish imkonini qo‘ldan boy berib qo‘ydi. "Malaga" kataloniyaliklarni 2:0 hisobida mag‘lub qildi.
Mezbonlar 32-daqiqada Sandro Ramiresning goli evaziga hisobni ochishgan bo‘lsa, o‘yin yakunlashi arafasida Xoni Rodriges jamoaning ikkinchi golini kiritdi.
Shuni ta'kidlash joizki, "Barselona" 65-daqiqada Neymarga ko‘rsatilgan qizil kartochka sababli o‘yinni 10 kishi bo‘lib yakunladi.
31-turdan so‘ng "Barselona" 69 ochko to‘plab, yetakchi "Real"dan 3 ochko farq bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Hisobida 33 ochko bo‘lgan "Malaga" esa 14-pog‘onani band qilgan.
Malaga – Barselona 2:0
Gollar: 1:0 – 32 Sandro Ramires, 2:0 – 90 Xoni Rodriges.
Malaga – Kameni, Ernandes, Rikka, Rosales, Lorente, Fornals, Xuan Karlos (Xoni Rodriges, 83), Kamacho, Resio, Anor (Penyaranda, 67), Sandro Ramires (Sharles, 77).
Barselona – ter Stegen, Mate (Serdji Roberto, 46), Umtiti, Alba, Maskerano, Andre Gomesh (Pako Alkaser, 61), Buskets, Denis Suares (Inesta, 46), Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Alba (8), Neymar (27), Umtiti (33), Rikka (37), Resio (45), Penyaranda (69), Xuan Karlos (82), Maskerano (87).
Chetlatish: Neymar (65).
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025