Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar «Malaga»ga qarshi o‘yindagi harakati uchun klasikoni o‘tkazib yuborishi mumkin
«Barselona» hujumchisi Neymar Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida «Malaga»ga qarshi o‘yindagi harakati uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Braziliyalik futbolchi uchrashuvning 65-daqiqasida Diyego Lorentega nisbatan qo‘polligi uchun maydondan chetlatilgandi. U 27-daqiqada vaqtni cho‘zgani uchun ogohlantirgandi, ikkinchi harakat uchun yana sariq kartochka ko‘rsatildi va ikki sariq kartochka qizil kartochkaga aylandi.
U maydonni tark eta turib, zaxira hakamiga kinoyaviy tarzda qarsak chalib qo‘ydi. Uchrashuv hakami Xesus Xil Mansano ushbu holatni qayd etgan.
Agar tartib-intizom qo‘mitasi sportga xos bo‘lmagan bu harakat uchun uni jazolaydigan bo‘lsa, Neymarni ikki-uch o‘yinga chetlatishi, va Neymar 23 aprel kuni «Real»ga qarshi uchrashuvda qatnasha olmasligi mumkin.
Neymarning «Malaga»ga qarshi o‘yindagi qizil kartochkasi uning futbolchilik faoliyatidagi 5-chisi bo‘ldi. «Barselona» keyingi 59 o‘yinda ilk marta kamchilik bo‘lib qoldi.
Mavzuga oid
19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi
22:32 / 31.01.2025
Braziliyaning «Santos» klubi Neymar qaytganini e’lon qildi
05:19 / 28.01.2025
Rasman: «Al Hilol» va Neymar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilishdi
10:46 / 10.01.2025