Jahon | 17:47 / 09.04.2017
13311
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Suriyadagi vaziyat yuzasidan Rossiyaning pozitsiyasidan norozi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li Moskva Suriya yarashtiruv bitimi buzilishi munosabati bilan zarur qarorlar qabul qilmayotganini aytdi. Bu haqida RIA "Novosti"da ma'lum qilindi.

Chovusho‘g‘lining aytishicha, u bu haqida Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovga aytgan. "Turkiya avvalgidek Suriyada o‘q uzish bas qilinishi tarafdori, biroq Rossiya Bashar Asad mamlakat yetakchisi lavozimida qolishi kerakligiga oid ta'kidini to‘xtatishi kerak", - dedi Turkiya TIV rahbari TRT telekanali efirida.

Bundan avval Rossiya TIVda Anqaraning Suriyadagi vaziyatni tartibga solishdagi rolini ijobiy baholashgan edi. "Turkiya - o‘q uzishni to‘xtatish rejimini qo‘llab-quvvatlash kafolatlaridan biri", - deya ta'kidlangan edi TIVda. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid