Sport | 10:09 / 10.04.2017
12149
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy koreyalik futbolchi Italiya A seriyasida yangi tarix yaratdi

Italiyaning «Kalyari» klubi yosh hujumchisi Xan Kvan Son A seriyaning 31-turidan o‘rin olgan «Torino»ga qarshi uchrashuvda (2:3) gol kiritdi.

Natijada 18 yoshli hujumchi Shimoliy Koreya futbolchilari ichida birinchi bo‘lib A seriyada gol urgan futbolchiga aylandi, deb yozmoqda Football Italia nashri.

Xan «Kalyari» bilan mart oyida shartnoma tuzgan va klub tarixidagi ilk shimoliy koreyalik va osiyolik futbolchiga aylangandi.

Mavzuga oid