Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotojamlanma: Venadagi Sharq allomalari haykali
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Venadagi binosi oldida Sharqning to‘rt buyuk allomasi haykali mavjud. Bular - Abu Ali ibn Sino, Umar Hayyom, Abu Rayhon Beruniy va Zakariyo Ar-Roziy.
Yodgorlik sharqona usuldagi ayvon ko‘rinishida ishlangan bo‘lib, unda go‘yoki to‘rt ulug‘ allomaning suhbat qurayotgani aks etgan.
Tarixda ilm-fan rivojida bu shaxslarning tutgan o‘rni beqiyos, ular turli yo‘nalishlarda o‘ziga xos inqilobga erishgani uchun ham insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirishgan.
Abu Ali ibn Sino 980 yilning 16 avgustida Buxoro yaqinidagi Afshona shahrida tavallud topgan. U o‘rta asrlarning buyuk olimi, faylasufi va tabibi. Ibn Sino ilm-fanning 29 yo‘nalishida jami 450 ilmiy ish olib borgan, ulardan 274 tasigina bizgacha yetib kelgan.
Al-Beruniy 973 yilning 4 oktabrida Xorazmdagi Kat shahrida tug‘ilgan. U yirik ensiklopedist-olim, mutafakkir hamda tarix, geografiya, tilshunoslik, astronomiya, matematika, mexanika, geodeziya, minerologiya, farmakologiya, geologiya va boshqa sohalardagi ko‘plab ilmiy izlanishlar muallifidir. Beruniy o‘z davrining deyarli barcha ilmidan boxabar bo‘lgan.
Umar Xayyom 1048 yil 18 mayda Nishopurda dunyoga kelgan. U mashhur faylasuf, matematik, astronom va shoir bo‘lgan, algebra fani rivojiga ham katta hissa qo‘shgan. Butun dunyo uni buyuk faylasuf va shoir sifatida taniydi.
Zakariyo Ar-Roziy 925 yillar atrofida Tehron yaqinidagi Rey shahrida tavallud topgan. U - ensiklopedist-olim, shifokor, alkimyogar va faylasuf. Ar-Roziyning ko‘plab asarlari lotin tiliga tarjima qilingan va G‘arbiy Yevropa shifokorlari hamda alkimyogarlari orasida keng tarqalgan. Yevropada u Razes va Abubater nomlari bilan mashhur.




Mavzuga oid
10:17 / 20.02.2024
O‘zbekiston delegatsiyasi Eronga tashrifi chog‘ida Abu Ali ibn Sino qabrini ziyorat qildi
09:02 / 07.09.2023
Parijda Dmitriy Yanov-Yanovskiyning «Zij - Burjlar taronasi» asari jahon premerasi bo‘lib o‘tdi
23:04 / 04.09.2023
YuNeSKO bosh qarorgohida Beruniyga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi
07:17 / 26.08.2023