AQSh 2050 yilgacha aviatsiyani bioyoqilg‘iga o‘tkazish rejasini bajara olmaydi
AQShning Toza transport bo‘yicha xalqaro kengashi (International Council on Clean Transportation) tadqiqotchilariga ko‘ra, 2050 yilga kelib samolyotlarning is gazini atmosferaga umuman chiqarmasligini ta'minlash maqsadida zamonaviy bioyoqilg‘i ishlab chiqarish uchun insoniyatga biomahsulotlar yetarli emas.
Tashkilot hisobotida qayd etilishicha, 2015 yili havoga chiqarilgan zararli gazlar 780 mln tonnani tashkil etgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2035 yilga kelib bu raqam 1,1–1,5 mlrd tonna is gazini (CO2) tashkil etadi. 2050 yilga kelib 24-37 eksajoul (1018) bioyoqilg‘i zarur bo‘ladi. Ammo, taxminlar bu davrga kelib jami 4 eksajoul bioyoqilg‘i ishlab chiqarilishini ko‘rsatmoqda. Bu esa CO2 hajmini 360 mln tonna kamaytirishga imkon beradi.
Bu yoqilg‘ini ommaviy ishlab chiqarilishiga ularning qimmatligi ta'sir qilmoqda. Bir tonna shunday yoqilg‘ini ishlab chiqish uchun 1000-8000 dollar talab etiladi. Odatdagi aviakerosinning bir tonnasi 470–860 dollar atrofida sotiladi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024