Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada korrupsiya ishini tekshirayotgan tergovchiga hujum qilindi
Indoneziya hukumatining korrupsiyaga barham berish bo‘yicha komissiyasining yetakchi tergovchisi Novel Basvedanga ikki noma'lum shaxs hujum qildi. Ular tergovchining yuziga noma'lum kimyoviy moddani sepib yuborishgan. Kyodo axborot agentligining xabar qilishicha, hodisa poytaxt Jakarta shimolida sodir etilgan. Tergovchi shifoxonaga keltirilgan va intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilgan.
Korrupsiyaga qarshi keskin kurashuvchi sifatida dong chiqargan Basvedan Indoneziya fuqarolari uchun elektron shaxsiy guvohnomalarni ishlab chiqish bo‘yicha 450 mln dollarlik buyurtmada firibgarliklarga yo‘l qo‘yilganini tekshirayotgan edi. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu ishga hukumatning yuqori lavozimli mulozimlari va parlament a'zolari aralashib qolgan.
Xususan, elektron guvohnomalar ishi bo‘yicha qo‘lga olingan tadbirkor sud majlisida Ichki ishlar vazirligi va Xalq maslahat kongressi (parlament) deputatlariga pora berganligini ta'kidlagan edi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025