Jahon | 21:37 / 12.04.2017
33410
1 daqiqa o‘qiladi

Akbar Jalilovning qonida antidepressantlar aniqlandi

Sankt-Peterburg metrosida amalga oshirilgan terakt ijrochisi sifatida gumondor Akbarjon Jalilovning qonida fenotropil preparati topilgan. 

Fenotropil moddasi markaziy asab tizimidagi patologik holatlarni davolash uchun qo‘llaniladi. Ushbu modda ruhiy tushkunlikdan chiqish, xotirani yaxshilash va miya faoliyatini faollashtirish uchun ham iste'mol qilishadi. Bundan tashqari, ushbu preparatni surunkali alkogollik va giyohvandlikdan tuzalishda qo‘llash tavsiya etilgan.

Ekspertlar Jalilovning oshqozonida kofein hamda taurin izlarini ham aniqlashgan. Bu moddalar "Yaguar" yoki "Strayk" energetik ichimliklari tarkibida bo‘ladi.

Shu bilan birga Jalilovning qonida narkotik yoki kimyoviy moddalar topilmagan.

Mavzuga oid