Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Inesta: «Barselona» hammasini to‘g‘ri bajarsa «Yuventus» dovonidan o‘tadi
Ispaniyaning «Barselona» jamoasi yarim himoyachisi Andres Inesta Chempionlar ligasi chorak finali birinchi o‘yini doirasida «Yuventus» qarshi o‘yinga fikrini bildirdi. O‘tgan bosqichda ko‘k-anorranglilar birinchi uchrashuvda «PSJ»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan, ammo javob uchrashuvida 6:1 hisobida parijliklarni dog‘da qoldirgan edi.
«Biz ko‘p narsani amalga oshirolmadik. Ayniqsa, birinchi taymda o‘yinimiz qovushmadi va biz ikkita gol bilan jazolandik. Ikkinchi bo‘limda o‘yin biroz boshqacha bo‘ldi. “Yuventus” — yaxshi jamoa, biroq mag‘lubiyatimizda o‘zimiz aybdormiz. Vaziyat Parijdagi o‘yinga qaraganda unchalik ham yomon emasdek. Biroq, biz yana katta qaytishni amalga oshirishimiz kerak. Agar hammasini to‘g‘ri bajarsak, vaziyatni o‘nglashimiz mumkin, aks holda barchasi barbod bo‘ladi», — deya Inesta so‘zlarini keltiradi Football Espana.
Manba: Tribuna.Uz
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025