Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad Idlibdagi kimyoviy hujum haqidagi ayblovlarga javob qaytardi
Suriya prezidenti Bashar Asad Idlib viloyatida kimyoviy qurol ishlatilgani haqidagi xabarlarni «yuz foizga yolg‘on» deb atadi. Bu haqda u «Bi-bi-si» uchun intervyusida aytib o‘tgan.
Uning qayd etishicha, Suriya hukumati bir necha yillar muqaddam kimyoviy qurollar zaxiralarini yo‘q qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Damashq Idlibdagi hodisani tekshirish uchun yordam beradi.
Bundan oldinroq Suriya armiyasi G‘arb koalitsiyasini Dayr-az-Zorda jangarilarning kimyoviy qurollar saqlangan omborxonalariga hujumlar qilish va yuzlab kishilarning o‘limiga sabab bo‘lishda ayblagandi.
4 aprel kuni Idlib viloyatining Xon-Shayxun shahriga Suriya samolyotlari tomonidan berilgan kimyoviy hujum oqibatida 80 kishi halok bo‘lgani, yuzlab kishilar zaharlangani haqida xabarlar berildi.
AQSh va Turkiya kimyoviy hujum uchun javobgarlikni Suriya rahbariyati zimmasiga yukladi. Rasmiy Damashq esa mazkur hodisaga aloqadorligini rad etdi.
Kimyoviy hujumdan ko‘p o‘tmay, 7 aprelga o‘tar kechasi AQSh Suriyaning Shayrat aerodromiga «Tomagavk» qanotli raketalari yordamida zarbalar berdi. Amerika ma'muriyatining fikricha, kimyoviy hujum aynan shu aerodromdan uchgan samolyotlar vositasida amalga oshirilgandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV
20:54 / 23.04.2025
Rossiya Bashar Asadni Suriyaga topshirishdan bosh tortdi
17:47 / 17.04.2025