Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Damashq koalitsiyani ommaviy qirg‘inda aybladi, koalitsiya javob qaytardi
Suriya armiyasi Bosh shtabi AQSh boshchligidagi koalitsiyani Dayr-az-Zorga hujum uyushtirish va bu yerdagi kimyoviy qurollar saqlangan omborxonalarni portlatish evaziga yuzlab kishilarning o‘limiga sabab bo‘lishda aybladi. Ma'lum qilinishicha, amerikaliklar razvedkasi suriyalik harbiylarning kimyoviy qurollar bo‘yicha mutaxassislar bilan so‘zlashuvlarini "tutgan" va ushbu hududga hujum uyushtirgan.
Suriya armiyasi bayonotiga ko‘ra, 12 aprel kuni amalga oshirilgan bu hujum tufayli jangarilar bilan birgalikda tinch aholi vakillari bo‘lgan yuzlab kishilar halok bo‘lgan. Suriya tomonining dastaklashicha, bu hodisa IShID va "Jyebhat an-Nusra" guruhlarida kimyoviy qurollar bo‘lganini isbotlaydi. Ular shu bilan birgalikda Suriya kimyoviy qurolga ega emasligini ta'kidlashgan.
Suriya armiyasi bayonotining G‘arb koalitsiyasi ham, Rossiya Mudofaa vazirligi ham inkor etishdi.
"Koalitsiya bu vaqtda bu hududda harakatlanmagan. Suriyaliklarning bayonoti asossiz, bu dezinformatsiya ekani tezda ayon bo‘lishi turgan gap", degan AQSh Qurolli kuchlari polkovnigi, koalitsiyaning rasmiy vakili Jon Dorrian.
Rossiya Mudofaa vazirligida ham Dayr az-Zorda hujum bo‘lgani haqida ma'lumot yo‘q.
Bu vaziyat BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
16:44 / 02.05.2025
«Damashqqa aniq signal». Isroil Suriya poytaxtiga zarba yo‘lladi
11:18 / 14.03.2025
Germaniyada «katta koalitsiya» tuzish bo‘yicha muzokaralar boshlandi
17:42 / 07.01.2025
Damashq aeroporti xalqaro reyslarni tikladi
21:34 / 04.01.2025