Fan-texnika | 14:24 / 13.04.2017
7224
2 daqiqa o‘qiladi

Hyundai kompaniyasining premium brendi krossover kontseptini ishlab chiqdi

Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasiga tegishli Genesis savdo belgisi Nyu-York avtoshousida ilk krossoverining kontseptini namoyish qildi. GV80 dabdabali salonga va yoqilg‘ida ishlaydigan motorga ega bo‘ladi. 

Krossover dizayni bo‘lg‘usi Genesis avtomobillarining ko‘rinishi xususida tasavvur uyg‘otadi. Uning o‘ziga xos jihatlari sifatida ikki qavatli old va orqa yoritqich chiroqlari, ko‘zga tashlanuvchi aerodinamik detallari va romsiz eshiklarini ko‘rsatish mumkin. 

Mashina saloniga charm, zamsh va tabiiy yog‘och bilan ishlov berilgan. Uning ichkarisida boshqaruv jihozlari kamligini e'tirof etish mumkin. Multimedia to‘plami va boshqa tizimlar sensor panel hamda bir necha tugmalar orqali o‘ng qo‘lda boshqariladi. 

Old panel tepasida juda keng displey o‘rnatilgan. Uskunalar panelining aksar qismi ham displeydan iborat. Orqa o‘rindiqlardagi yo‘lovchilar ham yoddan ko‘tarilmagan. Ular uchun old o‘rindiqlar yostiqchasiga ekranlar joylangan. Mashina 4 kishi mo‘ljallangan.

Kompaniya kontseptga o‘rnatiladigan dvigatel xususiyatlarini ma'lum qilmagan. Bundan tashqari, GV80 qachondan seriyali ishlab chiqarilishiga oydinlik kiritilgani yo‘q. 

Mavzuga oid