OAV: AQSh Shimoliy Koreya yaqinida esminetslarini joylashtirdi
AQSh Tomohawk qanotli raketalari bo‘lgan ikkita esminetsini KXDRning yadro sinovlarini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan hududidan 480 km uzoqlikda joylashtirdi. Bu haqda NBC telekanali razvedkadagi manbalariga asoslangan holda xabar qilmoqda.
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining "Karl Vinson" atom aviatashuvchisi yetakchiligidagi zarba guruhi Shimoliy Koreyaga yo‘l olgan edi.
Telekanalga ko‘ra, AQSh shu yo‘l bilan ehtimoliy yadro sinovining oldini olmoqchi. Amerika razvedka axborotiga ko‘ra, yadro sinovi shu hafta dam olish kunlari bo‘lib o‘tishi kerak.
KXDRning raketa sinovidan so‘ng o‘tgan bir hafta mobaynida jahon va Osiyo mintaqasida keng muhokama qilingan mavzu – AQShning KXDRga ehtimoliy zarba berishi masalasi bo‘ldi. Amerika yetakchisi Donald Tramp Shimoliy Koreyaga ta'sir etishning barcha imkoniyatlari ko‘rib chiqilayotgani haqida bayonot bergan edi.
KXDR avvalgi shu kabi holatlarda bo‘lgani kabi AQShga yadro zarbasi berish bilan tahdid qilishda davom etmoqda.
Mavzuga oid
21:21
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42