Sport | 19:39 / 14.04.2017
6293
1 daqiqa o‘qiladi

«Zenit» bosh murabbiyi iste'foga chiqishga tayyor

«Zenit» bosh murabbiyi Mircha Luchesku Rossiya premer-ligasining 23-turidan o‘rin olgan «Spartak»ka qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrasa, iste'foga chiqishi mumkinligini tan oldi. Bu haqda Tribuna.Uz yozmoqda.

«Hozir jamoada ishlar o‘tgan yilgiga nisbatan yomon kechmayapti. O‘tgan mavsumdan so‘ng jamoa qancha futbolchini yo‘qotganini sizga eslashni taklif qilaman.

Hozir faqat oldimizda turgan «Spartak»ka qarshi uchrashuv haqida o‘ylamoqdaman, qolgani haqida esa – keyin. Agar rahbariyati meni iste'foga chiqarishni istasa bunga tayyorman va qarorni xotirjam qabul qilaman», – deya Lucheskuning so‘zlarini keltiradi «R-Sport».

Mavzuga oid