Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya armiyasining sobiq generali Asadni kimyoviy qurolni yashirganlikda aybladi
Suriya armiyasining 2013 yilda dezertirlik qilgan generali Zohir As Sakat mamlakat prezidenti Bashar Asadni yuzlab tonna kimyoviy qurolni yashirib qo‘yganlikda aybladi. U bu haqda The Telegraph nashriga so‘zlab bergan.
2016 yili Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti (KQTT) Suriya hududidagi qimyoviy qurol to‘liq yo‘q qilingani yoki olib chiqilganini ma'lum qilgan edi. Biroq, As Sakatning ta'kidlashicha, Suriya hukumati bu qurolning bir qismini yo‘q qilishga rozi bo‘lgan.
«Ular 1,3 ming tonna shunday qurol borligini aytishdi, aslida zaxira 2 baravar ko‘p edi. Eng kamida 2 ming tonna bor edi», — degan sobiq general.
Nashrning qayd etishicha, As Sakat Suriya armiyasining kimyovi qurol sohasidagi eng qyuori lavozimli mulozimlaridan biri bo‘lgan. U, shuningdek, mamlakatdan qochganiga qaramay, hukumat rasmiylari bilan aloqalarini saqlab qolgan.
Suriya armiyasining sobiq generali ishonch bildirishicha, Suriya ixtiyorida katta miqdorda zain moddasi saqlanib qolgan. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya armiyasida kimyoviy qurollarni elta oladigan aviabombalar ham bor.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025