Jahon | 10:52 / 17.04.2017
16935
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik diplomatlar Londonda uch oylik “terrorchini” so‘roq qilishdi

Amerikaning Londondagi elchixonasi xodimlari uch oylik bolani so‘roq qilishdi. Bu holat uning buvasi viza anketasini to‘ldirish vaqtida chaqaloqni xato tufayli terrorchi deb ataganidan so‘ng yuz berdi, deb xabar qilmoqda Guardian gazetasi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, uch oylik Xarvi Kenon-Keyrnsning buvasi “Terrorchilik faoliyati, josuslik, qo‘poruvchilik yoki genotsidga aloqangiz bormi?” degan savolga xato tufayli “ha” javobini bergan. Shundan so‘ng bolani elchixonaga “suhbat”ga chaqirishdi.

"Men ular bu xato ekanini va uch oylik bola hech kimga zarar yetkazmasligini tushunishmaganidan hayratdaman", - deya Floridaga sayohat qilmoqchi bo‘lgan 62 yoshli Pol Kenonning so‘zlarini keltiradi gazeta. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bola “so‘roq vaqtida o‘zini juda xotirjam tutdi va bir marta ham yig‘lab yubormagan”. 

Yakunda oila viza olish uchun dastlabki rad javobidan so‘ng qo‘shimcha 3 ming funt sterlingni sarflashga majbur bo‘ldi. Kenonning o‘zi esa xatosi “juda qimmatga” tushganini aytgan.

Mavzuga oid