Erdo‘g‘an YeXHTni "o‘z o‘rnini bilish"ga chaqirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an YeXHT "o‘z o‘rnini bilishi" kerakligiga ishora qildi. Associated Press agentligi shu haqida xabar berdi.
"Birinchidan, o‘z o‘rningizni biling! Biz siz tayyorlagan siyosiy motivlangan hisobotlaringizga quloq tutmaymiz", - deydi Erdo‘g‘an.
Gap shundaki, YeHHTning demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Turkiyadagi referendumning Yevropa Kengashi standartlariga muvofiq bo‘lmaganini aytishgan. Xalqaro kuzatuvchilar referendumning texnik tomoni yaxshi tashkillashtirilgan, biroq saylovchilarga islohotlarning asosiy qoidalari haqidagi xolis ma'lumotlar taqdim etilmagan, degan xulosaga kelishgan.
Turkiyada bo‘lib o‘tgan referendumda konstitutsiyaga tuzatish kiritish tarafdorlari g‘olib bo‘ldi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 51,3 foiz fuqaro respublika konstitutsiyasiga o‘zgarishlar kiritish uchun ovoz bergan. Konstitutsion o‘zgarishlar, xususan, Turkiyada parlament boshqaruvidan prezidentlik boshqaruv shakliga o‘tishni ko‘zda tutadi. Bosh vazir lavozimi bekor qilinadi, prezident vitse-prezident, vazirlar, sudya va prokurorlar Kollegiyasi a'zolarining bir qismini tayinlash huquqiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:50 / 26.10.2024
Shavkat Mirziyoyev YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
16:50 / 25.10.2024
Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
12:10 / 23.10.2024
Tashqi ishlar vaziri YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
13:00 / 20.06.2024