O‘zbekiston | 18:20 / 17.04.2017
19108
2 daqiqa o‘qiladi

Qizilmiya eksportyorlari to‘lovlardan ozod etildi

O‘zbekiston hukumati yuridik va jismoniy shaxslarni yalang‘och qizilmiya eksporti uchun to‘lovlardan ozod qildi. Vazirlar Mahkamasining 14 apreldagi 210-sonli «Yalang‘och qizilmiyani eksport qilishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan yalang‘och qizilmiya eksportyorlariga imtiyozlar berilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2018 yilning 31 dekabrigacha yuridik va jismoniy shaxslar yalang‘och qizilmiyani xom ashyo ko‘rinishida O‘zbekistondan tashqariga olib chiqish uchun to‘lovlardan (tonnasi uchun 225 AQSh dollari) ozod etildi.

Norma xabarida izoh berilishicha, bu yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yetishtirish va to‘plash, ularni tayyorlash va qayta ishlashni tizimli tashkil etishni yanada tartibga solish,  yalang‘och qizilmiyani xom ashyo ko‘rinishida eksportga yetkazib berishdan manfaatdor bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlari uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek tadbirkorlik sub'yektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada erkinlashtirish maqsadida amalga oshirilgan.

Mavzuga oid