Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar kelajakda qaysi jamoada o‘ynash niyati borligini aytdi
«Barselona» hujumchisi Neymar kelgusida Braziliyaning «Flamengo» jamoasi safida to‘p surish istagi borligini ma'lum qildi.
«Kelajakda, qachondir liq to‘lgan «Marakana» stadionida «Flamengo» libosida Libertadores kubogida maydonga tushishni istayman», deya Neymarning so‘zlarini keltiradi Esporte Interativo.
Shuningdek, Neymar sobiq jamoasi «Santos» haqida ham fikr bildirgan: «Klubdagilar meni sudga bergan bo‘lishsada, «Santos»ni yaxshi ko‘rishdam davom etmoqdaman. Ba'zi menga qarshi harakatlarning sababini tushunmayman. Bu yerda bir qancha noma'lum shaxslarning tarixi yotibdi».
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2013 yilga qadar «Santos» sharafini himoya qilgan va «Barselona»ga transfer qilingandi. Shundan so‘ng «Santos» Neymar va otasini transfer jarayonida qalloblik qilganlikda ayblab sudga murojaat qilgan.
Manba: Tribuna.Uz
Mavzuga oid
19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi
22:32 / 31.01.2025
Braziliyaning «Santos» klubi Neymar qaytganini e’lon qildi
05:19 / 28.01.2025
Rasman: «Al Hilol» va Neymar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilishdi
16:11 / 21.08.2023