Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda pijama kiyimidagi ayol 6 ta bankni tunadi
AQShning Yuta shtati politsiyachilari Uest-Velli, Solt-Leyk, Xolladey va Sendi shaharlarida 6 ta bankni pijama kiyimida tunagan ayolni Teylorsvillda hibsga oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Nannett Luiza Perkins ismli bu ayol 6 ta bankdan 5 tasini ikki soatga qolmay tunab ketishga muvaffaq bo‘lgan. U o‘g‘riliklarni o‘tgan dam olish kunlari sodir etgan.
40 yoshli ayol o‘z uyida qo‘lga olingan. Politsiyada ta'kidlanishicha, ayol hattoki politsiyadan yashirinishga ham urinmagan.
Ayol o‘g‘riliklarni bir xil ssenariy bo‘yicha amalga oshirgan: u banklar xodimlariga pullarni berish talab qilingan maktubchani uzatgan, so‘ngra pullarni olib voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. Bankdagi kuzatuv kameralarida ayol biror marta qurol namoyish qilmagani va yuzini umuman yashirishga urinmagani qayd qilingan.
Ta'kidlanishicha, ayol avval ham bank kartalari o‘g‘rilash, tajovuzkor xatti-harakat uchun javobgarlikka tortilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025