«Xonim, kolbasalar yoqdimi?». Timoshenko va Lukashenkoning orasiga sovuqchilik solgan voqea
Ukraina Radasi deputati Vadim Denisenko Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko hamda Ukrainaning sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenkoning orasiga sovuqlik solgan voqea haqida gapirib berdi.
Deputatning aytishicha, bundan 10 yilcha avval Lukashenko Timoshenkoga mazali kolbasalar solingan korzinani hadya sifatida yuboradi. Lekin sovg‘a manziliga yetib bormaydi va uni qo‘riqchilar olib qo‘yishadi. Qo‘riqchilar sovg‘a kelganidan Timoshenkoni xabardor ham qilishmaydi va ularni paqqos tushirishadi.
Oradan bir necha kun o‘tgach, ikki siyosatchining suhbati bo‘lib o‘tadi va Lukashenko sovg‘a haqida eslatadi: «Yuliya Vladimirovna, kolbasa yoqdimi?».
Gap nima haqida ketayotganini tushunmagan Timoshenko Belarus rahbaridan jahli chiqadi va ularning aloqalari yomonlashadi.
Mavzuga oid
20:18 / 16.11.2024
Lukashenko Belarus uysizlar va tekinxo‘rlar bilan «jiddiy kurashishi»ni aytdi
20:49 / 11.11.2024
Belarus rasman BRIKS bo‘yicha sherik davlat maqomini oldi
22:17 / 07.11.2024
Lukashenko yana 31 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
14:30 / 05.11.2024