Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forbes'ning eng omadli sarmoyachilar reytingi taqdim etildi
Amerikaning Forbes jurnali tomonidan taqdim etiladigan dunyoning eng mashhur 100 sarmoyachisi reytingi yoxud "Midas ro‘yxati" yangilandi.
"Midas ro‘yxatida" birinchi o‘rin mana to‘rt yildirki, ketma-ket Sequoia Capital investitsiya fondi hamkori Jim Gettsga nasib etmoqda. U WhatsApp'ning erta bosqichida servisga 60 million dollar kiritgan yagona sarmoyachi bo‘lgan. Natijada Getts messenjerni Facebook'ga sotib, 3 milliard dollardan ziyod ishlab oldi.
Reytingning ikkinchi pog‘onasini Lowercase Capital fondining boshqaruvchi hamkori Kris Sakka egalladi. U Twitter, Uber va boshqa startaplarga mablag‘ kiritgan bo‘lib, oxir-oqibat ularning barchasi katta biznesga aylandi.
Yetakchilar uchligini Benchmark hamkori Piter Fenton tugallaydi. U - Twitter, Zendesk va Yelp sarmoyachilaridan biri.
Top-5 ro‘yxatidan shuningdek Instagram'ning ilk sarmoyachisi Stiv Anderson va Founders Fund muassisi Brayan Singermanlar ham o‘rin olgan.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025