Iqtisodiyot | 10:41 / 19.04.2017
46285
1 daqiqa o‘qiladi
Xalqaro valyuta fondi O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi o‘sishini prognoz qildi
O‘zbekiston iqtisodi o‘sishi 2017 yilda 6 foizlik darajani saqlab qoladi. Bu haqda Xalqaro valyuta fondining «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» aprel dokladida aytib o‘tilgan.
XVF mutaxassislari prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi ham 2018 yilda 6 foizlik darajani tashkil etadi.
XVF hisobotida qayd etilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi 2016 yili 7,8 foizni tashkil qilgan.
O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi o‘tgan yilda 8 foizni tashkil qilgan. XVF prognoziga ko‘ra, 2017 yilda bu borada ko‘rsatkich 8,6 foizni tashkil qiladi, 2018 yilda esa 8,8 foizga yetadi.
Mavzuga oid
08:10 / 02.11.2024
Oktyabr oyida inflatsiya 1 foizdan past bo‘ldi
19:37 / 31.10.2024
«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
22:15 / 29.10.2024
AQSh va Yevropa nima sababdan turlicha iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelyapti?
00:36 / 29.10.2024