Sport | 17:12 / 20.04.2017
8533
1 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» «Real» futbolchisini 50 mln yevroga sotib ololmadi

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Madridning «Real» klubi yarihimoyachisi Marko Asensioning xizmatlariga qiziqib qolgan. Bu haqda As xabar bergan.

Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, mersisaydliklar 21 yoshli futbolchi uchun 50 mln. yevro miqdorida mablag‘ taklif qilgan. Biroq «Qirollik klubi» o‘z futbolchisini sotib yuborishni istamagan. Asensioning o‘zi ham ispan grandi safida faoliyatini davom ettirishni istamoqda.

«Qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Zinedin Zidan joriy mavsum davomida bir necha marta yosh futbolchining iqtidoriga to‘liq ishonishini va kelgusida ham uning xizmatidan foydalanish istagida ekanini bildirib o‘tgan.

Asensio ortda qolgan 31 turning 17tasida ishtirok etgan ( 9tasida asosiy tarkibda) va 3ta gol hamda 1 samarali to‘p uzatmasini amalga oshirgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid