O‘zbekiston | 11:28 / 20.04.2017
15526
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekipaksanoat»ga rahbar tayinlandi

Foto: O‘zA

Bahrom Qurbonovich Sharipov «O‘zbekipaksanoat» Assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Hukumat portalida keltirilishicha, bu O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 12 apreldagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Ipakchilik sohasini tubdan yaxshilash ishlari bilan shug‘ullanishi lozim bo‘lgan «O‘zbekipaksanoat» Assotsiatsiyasi prezidentning 29 martdagi qarori bilan tashkil etilgan edi.

Prezident farmoniga ko‘ra uyda pilla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchilar daromad solig‘idan ozod etiladi.

«O‘zbekipaksanoat» uyushmasi nimalar bilan shug‘ullanadi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid