Sport | 13:51 / 22.04.2017
18632
1 daqiqa o‘qiladi

Sardor Rashidov “Al-Jaish”ni Qatar kubogi finaliga olib chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov to‘p tepayotgan “Al-Jaish” Qatar Kubogi yarim finali safarda mamlakat chempioni – “Lahviya” bilan o‘zaro kuch sinashdi.

Jassim Bin Hamad Stadium’da kechgan uchrashuv “Al-Jaish”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuv yakunida o‘zbekistonlik futbolchi jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi. 

O‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Sardor Rashidov pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Ma'lumot uchun “Al-Jaish” Qatar Kubogi mukofotining amaldagi egasidir.

Qatar Kubogi–2017
Jassim Bin Hamad Stadium
21 aprel, juma
“Lahviya” – “Al-Jaish” 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: I.Muhammad (51), Da Silva (77) – C.Keyta (24), Romarino (49), S. Rashidov (90)

Mavzuga oid