Light | 21:24 / 22.04.2017
12058
5 daqiqa o‘qiladi

"Sochnaya Dolina" xayriya aksiyasida katta-yu kichikni birlashtirdi

Xalqimiz orasida ko‘chat ekib, nihol o‘stirish – xayrli ishlardan biri sanaladi. Shundan kelib chiqqan holda 22 aprel "Sochnaya Dolina" SB o‘zining an'anaviy "Sochnyy Tashkent" (“Obod Toshkent”) aksiyasini o‘tkazdi. Mazkur tadbir kattalar va bolajonlarga birdek manzur bo‘lib, shanba kunini maroqli o‘tkazishlariga o‘z hissasini qo‘shdi. 
 

Xayrli ish sari olg‘a...

Bugun soat 11:30da “Obod Toshkent” aksiyasida ishtirok etish istagida bo‘lganlar Ucell bosh idorasining ro‘parasidagi avtomobillar turar-joyida yig‘ilishdi. “Sochnaya Dolina”ning maxsus avtobuslari esa barcha ishtirokchilarni "Green Park" ko‘ngilochar va istirohat bog‘iga olib keldi.

“Hamjihatlikda hikmat ko‘p”

Shunisi quvonarli ediki, bu aksiyada ishtirok etayotganlarning aksariyat qismini bolajonlar tashkil etdi. Ular o‘z ota-onalari, buvi va buvalari bilan birgalikda daraxt ko‘chatlarini ekib, savobli ishga qo‘l urishdi. Kun kelib, ushbu ko‘chatlar o‘sib, meva berib, atrofga salqinlik ulashadi. Shuningdek, bu kabi xayrli ishlar shahrimiz chiroyiga yanada ko‘rk qo‘shishiga yordam beradi. 

Mehnat – mehnatdan kelar rohat!

Yuqoridagi maqol bejiz tilga olinmadi. “Sochnaya Dolina” SB aksiya ishtirokchilariga ajoyib dasturxon hozirlab qo‘ygan edi. Barcha ko‘chatlar o‘tqazib bo‘lingach, ishtirokchilarimizga ajoyib tushlik - eng mazali palovlar maskani - OshMakon’dan to‘yona osh tortiq qilindi. Shuningdek, tadbir davomida barchaga “Sochnaya Dolina”ning eng mazali sharbat hamda ichimliklari ulashildi. 

Bugungi kun tadbir ishtirokchilari uchun bir so‘z bilan aytganda, ham maroqli, ham bir umr yodda qoluvchi sanaga aylandi. Nima uchun deysizmi? Sababi, ular o‘tqazgan ko‘chatlar yillar o‘tib, katta daraxtga aylanganida, o‘z ishlaridan mamnun bo‘lishadi. 

“Obod Toshkent” aksiyasi ishtirokchilarining fikrlari bilan o‘rtoqlashamiz:

Madina Ismoilova, “Fashion Terapiya” guruhining asoschisi:

“Mazkur ajoyib tadbirni o‘tkazgan tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz. Guvoh bo‘lganimizdek, ko‘pchilik bu yerga o‘z oilasi, farzandlari bilan birga tashrif buyurib, ko‘chatlar ekishdi. O‘ylaymanki, ular bir necha yillardan so‘ng, bu yerga tashrif buyurib, o‘z mehnatlarining hosilini ko‘rib, quvonishadi”.

Mirzoyoqubov Mirzoubaydullo, o‘quvchi:

“Bugungi tadbir menga juda ham yoqdi. O‘zim 4ta daraxt ko‘chatini ekdim va bundan juda xursandman. Bundan tashqari, bayram stoli va mazali osh uchun ham rahmat aytaman”.

Vasila Nasriddinova, jurnalist:

“Biz “Sochnaya Dolina” savdo belgisini avvaldan yaxshi ko‘rar edik. Biroq mazkur tadbirdan so‘ng ularga bo‘lgan hurmatim yanada ortdi. Chunki toshli yerga ko‘chat ekib, uni daraxtzorga aylantirish – bu juda savobli ish. Bu o‘zbek xalqi va mentalitetiga yarashuvchi, ajoyib tadbirlardan biri bo‘ldi. Ayniqsa, chinor va olma daraxtlarining ekilishi va tadbir tashkilotchilari ularni doimiy parvarishlab borishini bilganimdan so‘ng juda xursand bo‘ldim. Shunday aksiya o‘tkazish g‘oyasini o‘ylab topgan insonga ham ming raxmat”.

Sidiqov Husan, “Absolut Partner” firmasi xodimi:

“Tabiat qo‘ynida daraxt ekish – mening sevimli odatlarimdan biri. Bugun jamoamiz bilan ham maroqli dam olib, ham atrofni obodonlashtirishga hissa qo‘shganimizdan mamnunmiz”.

Eslatib o‘tamiz: Aktsiya Facebook’dagi eng ommabop hamjamiyatlar - Potrebitel.uz, "Fashion Terapiya", "Roditeli Uzbekistana", "Voditeli Tashkenta", TROLL UZ va Pickuper UZ bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid