O‘zbekiston | 11:00 / 23.04.2017
48933
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonga yangi «to‘rtlik» tayinlandi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yangi rahbarlar tayinlandi. «Kun.uz» bergan ma'lumotga ko‘ra, shaharga Jalilov Rahmatali Qambarovich yangi hokim bo‘lgan. U 11 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor davomida prezident tomonidan ishdan olingan Abdullayev Akramjon o‘rnida ish boshladi.

Jalilov Rahmatali Qambarovich 1958 yili O‘zbekiston tumanida tavallud topgan. 1982 yili Toshkent Politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-texnolog, iqtisodchi -boshqaruvchi. 1996 yili Davlat prezident akademiyasini tamomlagan. Oilali, 4 nafar farzandi bor.

Bungacha Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Jizzax, Xorazm va Surxondaryo viloyatlaridagi qurilish ishlarida  O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ishonchli vakili bo‘lgan.

Shu videoselektor davomida ishdan olingan  shahar prokurori, soliq boshlig‘i va ichki ishlar boshlig‘i o‘rniga ham yangi rahbarlar tayinlangan.

Endilikda Qo‘qon shahar prokurori lavozimida Buvayda tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Fozilov G‘ayratjon Sobirovich ish boshladi.

Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i lavozimiga Uchko‘prik tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan G‘ofurov Ziyohiddin Nigmatovich tayinlandi.

Qo‘qon shahar Davlat Soliq Inspektsiyasi rahbari lavozimiga, ushbu idorada rahbarning birinchi o‘ribosari lavozimida ishlagan Usmonov Husanxon Sultonxonovich tayinlangan.

 

Mavzuga oid