Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada eng yirik og‘ufurushlardan biri yo‘q qilindi
Meksikada eng qidiriluvchi narkobaronlardan biri, "Ko‘rfaz" narkokarteli yetakchisi, Komandante Buqa laqabli Xulian Manuel Loysa Salinas banditlar va federal kuchlar o‘rtasidagi to‘qnashuv vaqtida o‘ldirildi. Bu haqda Tamaulipas shtati rahbariyati tvitterida ma'lum qildi.
"Federal kuchlar Tamaulipasda jinoyatchilar bilan to‘qnashuvda jinoyatchilar Buqa va Pancho Karreon o‘ldirilganini tasdiqlaydi", deb aytilgan xabarda.
Salinas Tamaulipas shtatining Reynosa shahrida yo‘q qilingan.
AQSh bilan chegaradosh Tamaulipas shtati Meksikaning ikkita kuchli kartellari "Los-Setas" va "Ko‘rfaz" o‘rtasida AQShga giyohvand moddalar yetkazib berishni nazoratga olish uchun jang maydoniga aylangan. Meksika hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, Salinas odamlarni o‘g‘irlash, neft o‘g‘irlash, qurol-aslaha va giyohvand moddalar sotishda gumon qilingan.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025