Sport | 10:30 / 23.04.2017
22313
2 daqiqa o‘qiladi

Ronalduning o‘g‘li otasi uslubida gol urdi

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li Kichik Krishtianu Ronaldu otasiga xos uslubda amalga oshirilgan chiroyli gol muallifiga aylandi. 6 yoshli bolakay o‘z tengqurlari bilan futbol uchrashuvida jarima zarbasini otasiga xos tarzda bajarib, raqib darvozasini ishg‘ol qila oldi. Kichik Krishtianuning bu goli videosini Ronalduning o‘zi Instagram’da joylashtirdi.

"O‘zimning jajji erkagim bilan faxrlanaman. Qanday gol!", deb o‘z quvonchini yashira olmagan mashhur futbolchi.

Videodan ko‘rinishicha, uchrashuv epizodlaridan birida Kichik Ronaldu raqib jamoa futbolchilari tomondan yiqitilgan. Ushbu qoidabuzarlik uchun belgilangan jarima zarbasini bolakayning o‘zi bajarishga qaror qilgan. U otasi kabi, jarima zarbasi beriladigan nuqtadan bir necha qadam ortga tashlab, oyoqlarini keng ochgancha zarbaga tayyorgarlik ko‘rgan va to‘pni bexato darvozaga yo‘llagan. 

Ta'kidlash joizki, Ronalduning o‘g‘li ikki yildan beri futbol bilan shug‘ullanadi va otasi izidan boradigan ko‘rinadi.

Mavzuga oid